Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan gaz ta’minoti va energiya samaradorligi masalalari o‘rganildi
Gallery image 166040
Gallery image 166041
Gallery image 166042
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
12 Iyun 2026
00:00

Deputatlar tomonidan gaz ta’minoti va energiya samaradorligi masalalari o‘rganildi

Deputatlar tomonidan gaz ta’minoti va energiya samaradorligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputatlari B.Bo‘tayeva, Q.Igamberdiyeva va D.Xoliqovalar bilan birgalikda “Qiziriqtumangaz” gaz ta’minoti filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tumanda aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

Shuningdek, filial mas’ullari bilan gaz ta’minoti tizimida mavjud muammolar, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida deputatlar tomonidan filialga murojaat bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Nazorat_tahlil