Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 165926
Gallery image 165927
Gallery image 165928
Gallery image 165929
Gallery image 165930
Gallery image 165931
Gallery image 165932
Gallery image 165933
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
22 Iyun 2026
17:07

Doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.

➡️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis davomida tumanning 2026-yil I chorakdagi mahalliy budjeti ijrosi, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, komissiya a’zolari tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qaror va xulosalar qabul qilindi.