Barcha yangiliklar
25-noyabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining  ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi,
Gallery image 18895
Gallery image 18896
Gallery image 18897
Gallery image 18898
Gallery image 18899
Gallery image 18900
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
28 Noy 2024
14:16

25-noyabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi,

                                25-noyabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

         Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ergashev Aziz Mamarasulovich olib bordi.

         Sessiyada Tuman sektorlar rahbarlari, Baxmal tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari qatnashdi.Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan dastlab deputatlar Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri- Amanov Baxtiyor Normatovich axboroti eshitildi.

       Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining Doimiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida, tuman hokimining sessiya oralig‘ida qarorlarini tasdiqlash, 2024-yilning avgust, sentabr va oktabr oylari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Baxmal tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri, Muxtorov Furqat Xabibullayevichning axboroti hamda boshqa masalalar ham deputatlar tamonidan ko‘rildi.

O‘tkazilgan sessiya davomida deputatlar sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi