Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 165755
Gallery image 165756
Gallery image 165757
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
22 Iyun 2026
16:55

Deputat faoliyati

 Aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishda sug‘orish tizimining barqaror ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasi hududidagi aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi suv yo‘llari va ariqlar holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolari bilan muloqot qilinib, ularning sug‘orish ishlarini tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalari va mavjud muammolari tinglandi. Deputat tomonidan suv yo‘llarini tozalash, qayta tiklash hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.