Barcha yangiliklar



MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
22 Iyun 2026
15:54
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq bilan ochiq muloqot — ustuvor vazifa
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I. Abdullayeva Kenagas mahallasida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi. Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.