Barcha yangiliklar
Suvonobod mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari boshlandi
Gallery image 165494
Gallery image 165495
Gallery image 165496
Gallery image 165497
Gallery image 165498
Gallery image 165499
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
22 Iyun 2026
15:14

Suvonobod mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda mahalla faollari bilan birgalikda Suvonobod mahallasida olib borilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishib, ularning borishini joyida nazorat qildi.

O‘rganish davomida asfaltlashtirish ishlarining sifati, belgilangan me'yor va muddatlarga rioya etilishi hamda ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas'ullar bilan amalga oshirilayotgan ishlarning keyingi bosqichlari yuzasidan fikr almashilib, yo‘llarni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.