Barcha yangiliklar
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida
Gallery image 18824
Gallery image 18825
Gallery image 18826
Gallery image 18827
Gallery image 18828
Gallery image 18829
Gallery image 18830
Gallery image 18831
Gallery image 18832
Gallery image 18833
Gallery image 18834
Gallery image 18835
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
27 Noy 2024
17:29

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 

 Yo‘lchilar ovuli hududidagi 3 gektar maydonda "Yashil bog‘" barpo etish yo‘lida ilk nihollar qadaldi. Hududdagi 3 gektar maydonda tashkil etilayotgan "Yashil bog‘" da Uchquduq tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Yelmuratov boshchiligida yig‘ilgan korxona va tashkilotlarning 200 dan ortiq xodimlari tomonidan manzarali va cho‘l iqlimiga mos daraxt ko‘chatlari ekildi.

⤵️Tadbirda Qizilqum jo’me masjidi imom xatibi A.Turdiyev va bir qator nuroniylar ishtirok etib oq fotiha bilan xayrli tadbirni ochib berdilar.

Shuningdek "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tumandagi barcha tashkilotlarda ko'chatlar ekilmoqda. Tuman elektroset bo'limi tashkilot atrofiga xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Abdikarimovning tashabbusi bilan manzarali daraxtlar ko'chatlari ekildi.