Barcha yangiliklar
Fuqarolar muomolari o‘rganildi
Gallery image 165351
Gallery image 165352
Gallery image 165353
MAMATQULOV MUSTAFAQUL BAHRIDDIN O‘G‘LI
22 Iyun 2026
11:45

Fuqarolar muomolari o‘rganildi

Fuqarolar muomolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi deputati I.Sindorov “Mehirjon” mahallasining Chamanzor ko‘chasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mazkur hududda elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli aholi bir necha oydan buyon qiyinchiliklarga duch kelayotgani aniqlandi. Deputat fuqarolar bilan muloqot qilib, muammoning kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, mutasaddi tashkilot vakillariga masalani qisqa muddatlarda hal etish, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi