Barcha yangiliklar
23-sonli DMTTda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
Gallery image 165343
Gallery image 165344
Gallery image 165345
MAMATQULOV MUSTAFAQUL BAHRIDDIN O‘G‘LI
17 Iyun 2026
11:39

23-sonli DMTTda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

23-sonli DMTTda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyat mudiri A. Shokirov “Mingchinor” mahallasida bo‘lib, 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ–407-son qarori bilan tasdiqlangan tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda obyektning sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi masalalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi