Barcha yangiliklar
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 165294
Gallery image 165295
Gallery image 165296
Gallery image 165297
Gallery image 165298
Gallery image 165299
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
17 Iyun 2026
10:17

Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan “Tabagar” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, mahallada xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.