Barcha yangiliklar
#DEPUTATLIK_SO‘ROVI
Gallery image 165132
Gallery image 165133
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
20 Iyun 2026
16:07

#DEPUTATLIK_SO‘ROVI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Yusuf Xakimov tomonidan "Tog‘aymurod" mahallasidagi aholi murojaatlari yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mahallaning Bahor ko‘chasidagi 150 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasini qisqa muddatlarda hal etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Mo‘minovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Ushbu masalani tegishli mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi. Muammoning ijobiy yechimi deputat nazoratiga olingan.

#Oltinsoy #DeputatFaoliyati #XalqBilanMuloqot

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz