Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan PQ-153-son qarori va Kengash qarori ijrosi nazorat qilindi
Gallery image 165118
Gallery image 165119
Gallery image 165120
Gallery image 165121
Gallery image 165122
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
20 Iyun 2026
16:03

Deputat tomonidan PQ-153-son qarori va Kengash qarori ijrosi nazorat qilindi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat, Budjet masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Sanobar Keldibekova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PQ-153-son qarori hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining VII-27-79-3-49-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
📍 O‘rganish davomida Adirobod mahallasi hududida yoshlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan samarali foydalanish, ularni sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash hamda qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
💧 Xususan, 32 nafar yoshga ajratilgan yer maydonlarini suv bilan ta’minlash maqsadida artizan qudug‘ini qazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi holati nazorat qilindi.
✅ O‘rganish yakunida qarorlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.