Barcha yangiliklar
“Keksalarga mehr” aksiyasi doirasida xayriya tadbiri tashkil etildi
Gallery image 165110
Gallery image 165111
Gallery image 165112
Gallery image 165113
Gallery image 165114
Gallery image 165115
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
19 Iyun 2026
16:01

“Keksalarga mehr” aksiyasi doirasida xayriya tadbiri tashkil etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Murtaz Gaipov boshchiligidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan “Keksalarga mehr” aksiyasi doirasida hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda keksa avlod vakillari holidan xabar olindi.
🏠Tashriflar davomida fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Sharq yulduzi mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh nuroniylarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda zarur dori-darmon vositalari yetkazilib, manzilli amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅Mazkur aksiya aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.