Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
Gallery image 165045
Gallery image 165046
Gallery image 165047
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
12 Iyun 2026
15:34

Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat Sanobar Keldibekova tomonidan Adirobod mahallasi raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Muloqot davomida fuqarolar mahalla hududidagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish masalasida murojaat qildilar. Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan ushbu yo‘nalishda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilingani hamda shakllantirilgan manzilli ro‘yxat asosida belgilangan ichki yo‘llarda shag‘allashtirish ishlari joriy yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi haqida ma’lumot berildi.