Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 165029
Gallery image 165030
Gallery image 165031
Gallery image 165032
Gallery image 165033
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
10 Iyun 2026
15:25

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 19-Toshkesgan saylov okrugidan saylangan deputat Olim Mamato'rayev tomonidan tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻiga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborildi.
Xususan, “Toshkesgan” mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida, hududdagi Chorvador va Urgunobod koʻchalarini oʻzaro bogʻlovchi ichki yoʻlak koʻzdan kechirildi. Bugungi kunda ushbu yoʻlning eni bor-yoʻgʻi 1,5 metrni tashkil etgani sababli avtotransport vositalarining harakatlanishiga imkon bermayapti. Oqibatda oxirgi koʻchalarda yashovchi fuqarolar uzoq yoʻllardan aylanib oʻtishga majbur boʻlmoqdalar.
Mazkur muammoni bartaraf etish, ushbu 120 metrli masofadagi yoʻlakni avtomobillar harakatlanishi uchun kengaytirishning muhandislik-shaharsozlik shartlarini belgilash hamda yoʻl yoʻnalishining texnik muvofiqligi boʻyicha xulosa olish so'ralgan.