Barcha yangiliklar
24 TA TAVSIYA  Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
Gallery image 164980
Gallery image 164981
Gallery image 164982
Gallery image 164983
Gallery image 164984
Gallery image 164985
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
20 Iyun 2026
13:48

24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida

         Aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘zbekiston XDP hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi deputatlari hamkorligida tumandagi dehqon bozori va savdo nuqtalarida monitoring ishlari olib borildi. Jarayon davomida bozor ma’muriyati xodimi Gulnoza Mamatqulova hamda tuman SEO va JSK mutaxassisi Fotimaxon Xudayberdiyeva ishtirokida savdo qoidalari va sanitariya holati nazorat qilindi. Shuningdek, bozor ma’muriyati bilan narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazilib, tadbirkorlarga narxlarni asossiz oshirmaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.