Barcha yangiliklar
#Jarayon
Gallery image 164932
Gallery image 164933
Gallery image 164934
Gallery image 164935
Gallery image 164936
Gallery image 164937
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
20 Iyun 2026
11:04

#Jarayon

Ayni paytda mazkur tibbiyot muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetib kelgan bo‘lib, binoning ichki va tashqi qismlarini yangilash, zamonaviy talablar asosida jihozlash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 502 million so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq sifatli va belgilangan muddatlarda olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida tibbiyot xodimlari uchun zarur ish sharoitlarini yaratish, bemorlarni qabul qilish xonalari faoliyatini yaxshilash hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur loyiha yakuniga yetkazilib, tibbiyot maskani foydalanishga topshirilgach, Gultepa va Mehrobod mahallalarida istiqomat qiluvchi aholiga yanada qulay, zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Mamarajapov Bahrom Xurramovich
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi deputati