Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 164915
Gallery image 164916
Gallery image 164917
Gallery image 164918
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
20 Iyun 2026
10:17

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Uchquduq tuman Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limlarida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari, xizmatlarning qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rsatilishi hamda xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

✅ Fuqarolarga qulay, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati davom ettiriladi.