Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 164911
Gallery image 164912
Gallery image 164913
Gallery image 164914
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
20 Iyun 2026
10:15

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Uchquduq tuman Qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiya, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 846-XII-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida davlat uy-joy fondiga oid hujjatlarning yuritilishi, fuqarolarning uy-joylarni xususiylashtirish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish holati, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Shuningdek, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, fuqarolarga qulaylik yaratish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

🔹 Qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning uy-joyga oid huquqlarini himoya qilish masalalari deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.