Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari – e’tibor va amaliy yechimlar markazida
Gallery image 164873
Gallery image 164874
Gallery image 164875
Gallery image 164876
Gallery image 164877
Gallery image 164878
Gallery image 164879
Gallery image 164880
Gallery image 164881
Gallery image 164882
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
19 Iyun 2026
09:10

Fuqarolar murojaatlari – e’tibor va amaliy yechimlar markazida

Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi, senator, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Zumrad Bekatova, tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Xo‘jametov, shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i A.Yo‘ldashev ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilma, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.