Barcha yangiliklar
IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 164807
Gallery image 164808
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
19 Iyun 2026
19:09

IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning amaldagi tartib asosida to‘g‘ri qo‘llanilishi, ularning ijtimoiy himoyasi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.