Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 164803
Gallery image 164804
Gallery image 164805
Gallery image 164806
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
19 Iyun 2026
19:08

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 DEPUTATLIK NAZORATI

👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 15-Bahor saylov okrugi deputati A. Tojiyev ishtirokida “Bahor” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔍 Nazorat jarayonida mahalladagi ijtimoiy infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar sifati hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🗣 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✅ Deputatlar tomonidan hududdagi muammolarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.