Barcha yangiliklar
#Huquqiy_axborot_soati  Mahalliy Kengashlar vakolatlaridan...
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
18 Iyun 2026
18:56

#Huquqiy_axborot_soati Mahalliy Kengashlar vakolatlaridan...

Amalga oshirish mexanizmi quyidagilardan iborat:

🟢shakllantirilgan loyiha takliflari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari, loyiha tashkilotlari bilan birgalikda har bir hududning xususiyatlarini inobatga olgan holda joylarda loyihaoldi tadqiqotlarini o‘tkazish;

🟢loyiha takliflarini ishlab chiqish va xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari qarorlari bilan manzilli dasturni tasdiqlash;

🟢ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish ishlari uchun yer maydonlarini belgilash;

🟢tasdiqlangan dasturlarni «Turarjoy» MAT orqali ularning hisobini yuritish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etish. Bunda vazirlik dastur doirasida amalga oshirilgan ishlarning raqamli monitoringini olib boradi;

🟢har bir loyihaning bajarilishi holatini muntazam ravishda barcha darajadagi vakillik organlari deputatlari tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring qilib borish.