Barcha yangiliklar
Yoshlar markazi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi
Gallery image 164690
Gallery image 164691
USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
19 Iyun 2026
17:19

Yoshlar markazi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Xo‘jamushkent QFY hududida tashkil etilayotgan yoshlar markazi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, obyektning bugungi holati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, markazda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.