Barcha yangiliklar
Ayollar maslahatxonasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 164673
Gallery image 164674
USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
19 Iyun 2026
17:16

Ayollar maslahatxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Raimova tuman tibbiyot birlashmasidagi Ayollar maslahatxonasi faoliyati holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini olib bordi.

Xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, homilador ayollarni tibbiy nazoratga olish, skrining va profilaktik ko‘riklarni tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maslahatxonada yaratilgan sharoitlar tibbiy jihozlardan foydalanish hamda ayollar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda ayollar salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.