Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 164542
Gallery image 164543
Gallery image 164544
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
19 Iyun 2026
16:06

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Mahalla – islohotlar markazida.

Ayni damda Oliy Majlisi Senatining “Mahalla – islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamjihat faoliyati” mavzusidagi davra suhbati onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati hodimlari ham ishtirok etmoqda.

Davra suhbatida viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari, kotibiyat mudirlari, doimiy komissiyalar raislari, shuningdek, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda “mahalla yettiligi” faoliyatiga daxldor vazirlik va idoralar vakillari qatnashmoqda.

Tadbir davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish, mahalliy vakillik organlari va mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Mahalla tizimining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirish, fuqarolarning farovonligini ta’minlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishda “mahalla yettiligi” va mahalliy Kengashlarning o‘zaro hamjihat faoliyati muhim omil ekanligi ta’kidlandi.