Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 164533
Gallery image 164534
Gallery image 164535
Gallery image 164536
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
19 Iyun 2026
16:01

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan 1 ta masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.

Xususan, “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda Besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Muhokamalar davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni madaniyat, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikka keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi hamda ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni moliyalashtirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.