Barcha yangiliklar





KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
19 Iyun 2026
15:59
💧 Suv tejamkor texnologiyalar – hosildorlik garovi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Muxiddin Yarashov rahbarlik qilayotgan “Omonqaldi Darga” fermer xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish dasturi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Loyiha asosida yana 3 gektar yer maydoniga zamonaviy polietilen quvurlar yotqizilib, suv tortish nasoslari va filtr tizimlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yakunlangach, kelgusi yilda fermer xo‘jaligining 30 gektar maydonida suvni tejovchi texnologiya asosida paxta yetishtirish imkoniyati yaratiladi.