Barcha yangiliklar
Hiyobonlar holati o‘rganildi
Gallery image 164506
Gallery image 164507
Gallery image 164508
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
19 Iyun 2026
15:26

Hiyobonlar holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 16-“Obod turmush” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi T.Niyazov shahar kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda “Obod turmush” mahallasida joylashgan “Ustoz va murabbiylar” hiyoboni holati o‘rganildi. Hiyobon shahar Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan obodonlashtirish va ko‘klamzorlashtirish ishlari olib boriladi. Dam oluvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Biroq, hiyobon ichida tabiiy chiqindilar to‘planib qolgan va olib chiqib ketilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, hiyobon ichidagi xaykallar ta’mirlashga muhtoj holatga kelib qolgan. Yuqoridagi masalalar yuzasidan mas’ullarga murojaat etildi.