Barcha yangiliklar
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
Gallery image 164463
Gallery image 164464
Gallery image 164465
Gallery image 164466
Gallery image 164467
Gallery image 164469
Gallery image 164471
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
19 Iyun 2026
15:22

Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 16–Oboddiyor saylov okrugidan saylangan viloyat deputat G.O'roqova, Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati Sh.Usmonova hamda O'zbekiston "Adolat" SDP tuman kengashi raisi M.Eshmurodova Qiziltepa tuman markazida joylashgan Madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida bog‘ hududida olib borilayotgan tozalik ishlari, muzey holati hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mazkur bog‘ tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufida bo‘lib, hududda tozalik va tartibni saqlash ishlari xodimlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Madaniyat va istirohat bog‘ining umumiy maydoni 7,7 gektarni tashkil etadi. Bog‘ hududida yirik favvora mavjud bo‘lib, istirohat bog‘i 2024-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan.