Barcha yangiliklar
#Buloqboshi #Yoshlar_maslahat_guruhi
Gallery image 164415
Gallery image 164416
Gallery image 164417
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
19 Iyun 2026
11:23

#Buloqboshi #Yoshlar_maslahat_guruhi

Buloqboshi tumani Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida maxsus kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar 15 kun davomida o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri — Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini mutolaa qilib tugatdilar. Shundan so‘ng, yoshlarning asarni qay darajada puxta o‘zlashtirganini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.

🏆 Tanlov natijalari va taqdirlash marosimi
Qizg‘in va murosasiz kechgan test sinovlari yakuniga ko‘ra, asar mazmun-mohiyatini eng chuqur anglagan va eng yuqori ball toplagan bilimdon yoshlar aniqlandi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirilib, ularga qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

| Web.sayt |Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |