Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvohidov tomonidan o'z saylov okrugi fuqarolari uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Gallery image 164410
Gallery image 164411
Gallery image 164412
Gallery image 164413
Gallery image 164414
TO‘XTAMISHOV SHAROFJON AKRAMJONOVICH
19 Iyun 2026
11:24

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvohidov tomonidan o'z saylov okrugi fuqarolari uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam, yer va kadastr masalalari hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bunday qabullar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.