Barcha yangiliklar
YOSHLARNING TIBBIY BILIMLARINI OSHIRISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI
Gallery image 164353
Gallery image 164354
Gallery image 164355
Gallery image 164356
Gallery image 164357
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
18 Iyun 2026
10:21

YOSHLARNING TIBBIY BILIMLARINI OSHIRISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI

Suhbat davomida yoshlarga salomatlikni asrash, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik hamda profilaktik tadbirlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Deputat Abdulaziz Nasirov yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom hayot tarzi bo‘yicha bilimlarini kengaytirish va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Mazkur suhbat “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-son Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonun, shuningdek “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonunda belgilangan vazifalar mazmuniga hamohangdir.

✅ Maqsad — yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktik bilimlarni kengaytirishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!