Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
Gallery image 164323
Gallery image 164324
Gallery image 164325
Gallery image 164326
Gallery image 164327
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
19 Iyun 2026
10:00

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi yoshlar ishtirokida “Ilmli ayol — kuchli jamiyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida qizlarning ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, kasb-hunar egallashi hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbatida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, bilimli va ma’rifatli ayollar jamiyat taraqqiyoti, oila farovonligi hamda yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.

Tadbir yoshlarni ilm olishga, o‘z ustida ishlashga va kelajakda jamiyatning faol a’zosi bo‘lishga undashga xizmat qildi.