Barcha yangiliklar
🔰 MARKAZIY ATRAKSION BOLALAR O‘YINGOHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 164233
Gallery image 164234
Gallery image 164235
Gallery image 164236
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
19 Iyun 2026
08:59

🔰 MARKAZIY ATRAKSION BOLALAR O‘YINGOHI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputatlari M.Baratova hamda N.Qodirova tomonidan Kosonsoy shahrida joylashgan “Ulug‘ Chinor” markaziy atraktsion bolalar o‘yingohi faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan uchrashilib, o‘yingoh faoliyatiga oid hujjatlar, texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda mavjud atraktsion qurilmalarning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔍 O‘rganish davomida aksariyat atraktsion qurilmalar soz holatda ekanligi, ularning belgilangan tartibda texnik ko‘riklardan o‘tkazilgani hamda foydalanish uchun yaroqli ekanligi aniqlandi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ham ko‘rib chiqildi.