Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 164103
Gallery image 164104
Gallery image 164105
Gallery image 164106
Gallery image 164107
Gallery image 164108
Gallery image 164109
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
18 Iyun 2026
19:42

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati va kotibiyati mudiri M.Xujanov, O‘zMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi J.Hayitov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari ishtirokda “Bo‘ston” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida mahalla hududidagi parklar, hiyobonlar va bog‘larning sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavjud infratuzilma obyektlarining saqlanishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. 

Shuningdek, hududlarni yanada obod va ko‘rkam holatga keltirish, yashil maydonlarni kengaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarining sifatli tashkil etilishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiya va takliflar bildirildi. 

Deputatlik nazorati tadbirlari hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari samaradorligini oshirish, aholi uchun qulay va estetik muhit yaratish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.