Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 164092
Gallery image 164093
Gallery image 164094
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
18 Iyun 2026
19:17

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF–185-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqarolarning xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sohaga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mahallalarda “profilaktika–muhofaza” tamoyili asosida ishlarni tashkil etish, favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish va bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.