Barcha yangiliklar
Umumta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi
Gallery image 164014
Gallery image 164015
Gallery image 164016
Gallery image 164017
Gallery image 164018
Gallery image 164019
Gallery image 164020
Gallery image 164021
Gallery image 164022
Gallery image 164023
Gallery image 164024
Gallery image 164025
Gallery image 164026
Gallery image 164027
Gallery image 164028
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
18 Iyun 2026
18:23

Umumta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi

Umumta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tumandagi 249-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasadagi bolajonlar uchun tashkil qilingan Yozgi sog'lomlashtirish maydonchasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📍Tashrif davomida o‘quvchilarning yozgi ta'tilida davomida sifatli ta’lim, tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv va o‘yin maydonchalari holati, sanitariya-gigiyena talablari, oziqlantirish tizimi hamda pedagog xodimlarning faoliyati muhokama qilindi.

🌈 Shuningdek, yozgi Sog'lomlashtirish maydonchasida rassomchilik, mental arifmetika, shaxmat, IT sohasi, mobilografiya, teatr san'ati, gimnastika, rus va ingliz tillari to'garaklari tashkil etilganligi yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muassasa rahbariyati va pedagoglar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

💬 Sh.Umarxodjayeva umumta’lim muassasasi tizimi kelajak avlodga ta'lim-tarbiya berishdagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni doimiy deputatlik nazoratida ushlab borish muhimligini qayd etdi.

🔎 Tashrif yakunida muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.