Barcha yangiliklar
#DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 164005
Gallery image 164006
Gallery image 164007
Gallery image 164008
Gallery image 164009
Gallery image 164010
Gallery image 164011
Gallery image 164012
Gallery image 164013
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
18 Iyun 2026
18:23

#DEPUTATLIK_NAZORATI

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati va kotibiyati mudiri M.Xujanov, O‘zMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi J.Hayitov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari ishtirok etdi. 

Deputatlik nazorati davomida mazkur toifadagi fuqarolarning yashash sharoitlari, xonadonlarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. 

Deputatlik nazorati tadbirlari qarorlar ijrosini тa’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati