Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 163980
Gallery image 163981
Gallery image 163982
Gallery image 163983
Gallery image 163984
Gallery image 163985
Gallery image 163986
Gallery image 163987
Gallery image 163988
Gallery image 163989
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
18 Iyun 2026
18:19

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda tumandagi 16- va 18-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganish olib bordi.

🔍Oʻrganish jarayonida muassasalar bino va inshootlarining texnik holati, yongʻin va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, bolalarning sifatli taʼlim olishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi, amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil koʻzdan kechirildi.

❓Xususan, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi, sanitariya-gigiyena holati hamda bolalarning ovqatlanish sifati oʻrganilib, muassasada yaratilgan qulayliklarga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, tarbiyachilar tomonidan bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.