Barcha yangiliklar
Vobkent tumanida ijtimoiy himoya yoʻnalishidagi ishlar oʻrganildi
Gallery image 163959
Gallery image 163960
Gallery image 163961
Gallery image 163962
Gallery image 163963
Gallery image 163964
Gallery image 163965
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
18 Iyun 2026
18:16

Vobkent tumanida ijtimoiy himoya yoʻnalishidagi ishlar oʻrganildi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Baxtiyor Boboqulov tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Sh. Ismatov va B. Navroʻzovlar bilan birgalikda tumanda aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Vobkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida oʻrganishlar olib borildi.

🔍Oʻrganish jarayonida kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni oʻz vaqtida yetkazib berish tizimi, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi, shuningdek ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

👨‍🦽Shuningdek, markaz faoliyatida fuqarolarga xizmat koʻrsatish sifati, murojaatlarni koʻrib chiqish tezkorligi hamda ijtimoiy yordamlarning manzilliligi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

🖥Oʻrganish yakunida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlashda shaffoflik va samaradorlikni oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Maqsad — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga koʻrsatilayotgan yordam sifatini yanada oshirish va tizimni yanada samarali tashkil etishdir.