Barcha yangiliklar
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Gallery image 163907
Gallery image 163908
Gallery image 163909
Gallery image 163910
Gallery image 163911
Gallery image 163912
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
18 Iyun 2026
18:00

FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida deputatlar tomonidan hududlarda fuqarolar murojaatlari muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan o‘zi saylangan okrug fuqarosining murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.O‘rganish jarayoniga Davlat kadastrlari palatasi Parkent tuman filiali boshlig‘i A.Burxonov hamda filial mutaxassisi A.Meliyev jalb etildi.O‘rganish davomida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalar joyida ko‘zdan kechirildi. Murojaatni ijobiy hal etish imkoniyatlari mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ko‘tarilgan masalalarga huquqiy va amaliy jihatdan yondashildi.Murojaatni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, muammoning ijobiy yechim topishini ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur murojaat ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan nazoratga olinib, yakuniy natijaga qadar monitoring olib borilishi belgilandi.