Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 163866
Gallery image 163867
Gallery image 163868
Gallery image 163869
Gallery image 163870
Gallery image 163871
Gallery image 163872
Gallery image 163873
Gallery image 163874
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
18 Iyun 2026
17:47

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

 Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati va kotibiyati mudiri M.Xujanov, O‘ZMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘ZLiDEP tuman Kengashi raisi J.Haqberdiyev hamda Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari ishtirokida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Mazkur o‘rganishlar davomida Oltinsoy tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning texnik holati, hududning obodonlashtirilishi, infratuzilma va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya hamda takliflar berildi. Shuningdek, aholining murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi. 

Deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda fuqarolarning turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati