Barcha yangiliklar
Xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
Gallery image 163713
Gallery image 163714
Gallery image 163715
Gallery image 163716
Gallery image 163717
Gallery image 163718
Gallery image 163719
Gallery image 163720
Gallery image 163721
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
18 Iyun 2026
16:01

Xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat K. Mamanova va Paxtakor tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari D. Sarabekova hamda mahalla faollari ishtirokida tumandagi xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joy, moddiy yordam hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilishi inobatga olindi.

Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlashdan iborat bo‘ldi.