Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 163676
Gallery image 163677
Gallery image 163678
Gallery image 163679
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
18 Iyun 2026
15:47

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗️ Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

👩💼 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan “Kattabog‘” mahallasi hududida joylashgan 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishildi.

🏢✨ Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida mavjud eski 90 o‘rinli bino o‘rnida zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va shinam yangi 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini barpo etish rejalashtirilgan.

🔍 Tashrif davomida qurilish ishlari jarayoni batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, obyektda olib borilayotgan ishlarning sifati, qurilish sur’ati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🌱 Kelajak avlodning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish yo‘lidagi bunday loyihalar doimiy e’tiborda.

✅ Qurilish ishlari deputatlik nazoratida.