Barcha yangiliklar
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
Gallery image 163640
Gallery image 163641
Gallery image 163642
Gallery image 163643
Gallery image 163644
Gallery image 163645
Gallery image 163646
ERNAZAROV JAXONGIR RUSTAMOVICH
18 Iyun 2026
15:24

🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida

🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N.Ismatova va Z.Israilovalar tomonidan O‘zLiDePning tasdiqlangan ish rejasi ijrosi doirasida Saritepa mahallasida aholi, xususan ayollar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bepul tibbiy ko‘rik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning erta profilaktikasini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida malakali shifokorlar tomonidan zarur tibbiy maslahatlar berildi, maxsus jihozlangan mobil tibbiyot avtobusi orqali zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Аniqlangan murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar va yo‘llanmalar berildi.
Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlarning hududlarga yaqinligini ta’minlash hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.