Barcha yangiliklar





TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
18 Iyun 2026
15:17
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
Xalq deputati Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan Beshbola mahallasida joylashgan 70-maktab faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni hamda bitiruvchilar uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, “Oxirgi qo‘ng‘iroq” tadbirini mazmunli, tartibli va betalofat tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlarning xavfsizligi, tadbirning yuqori saviyada o‘tishi hamda o‘quvchilar xotirasida unutilmas kun bo‘lib qolishiga alohida e’tibor qaratildi.