Barcha yangiliklar
Termiz tumanida 100 gektar maydonda “yashil” belbog‘ yaratilmoqda
Gallery image 18482
Gallery image 18483
Gallery image 18484
Gallery image 18485
Gallery image 18486
Gallery image 18487
Gallery image 18488
Gallery image 18489
Gallery image 18490
Gallery image 18491
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
23 Noy 2024
14:54

Termiz tumanida 100 gektar maydonda “yashil” belbog‘ yaratilmoqda

Termiz tumanida 100 gektar maydonda “yashil” belbog‘ yaratilmoqda

Bugun davlatimiz rahbari Toshkent shahri atrofida “yashil” belbog‘ barpo etish loyihasida ishtirok etib, daraxt ko‘chatlari ekdi. Mazkur loyiha yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tanlab olingan maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda.

Xususan, Termiz tumanida 100 gektar maydonda bugun erta tongdan xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputtalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, faollar va yoshlar jam bo‘lishib, “yashil” belbog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan “yashil” belbog‘ hududidiga 55 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugunning o‘zi ayni vaqtga qadar 5 gektar yer maydonga 2,8 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.