Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan tumandagi Navbahor mahallasida joylashgan “Bilim kutubxona markazi”da yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Gallery image 163407
Gallery image 163408
Gallery image 163409
Gallery image 163410
Gallery image 163411
Gallery image 163412
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
18 Iyun 2026
10:45

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan tumandagi Navbahor mahallasida joylashgan “Bilim kutubxona markazi”da yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, ta’lim olish imkoniyatlari, kasb-hunar egallash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammo va takliflarini bildirdilar. Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlarni amaliy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish choralari belgilandi.

Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur ochiq muloqot yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.