Barcha yangiliklar



ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
18 Iyun 2026
09:51
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallalarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, ko‘cha va xonadonlar atrofini ozoda saqlash, hududlarda tozalik madaniyatini yanada yuksaltirish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.
Deputat xotin-qizlarni yashash hududlarini toza va tartibli saqlash, tomorqa hamda xonadonlar atrofini obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish hamda atrof-muhitni asrashga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.
Shuningdek, mahallaning yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishida xotin-qizlarning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlanib, tozalik va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish yuzasidan tavsiyalar berildi.